Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda 5 nafar qo‘li egri ayol ushlandi

Namanganda 5 nafar qo‘li egri ayol ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2019-yil 6-oktyabr kuni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro 35 yoshli M.M.ning uyiga o‘g‘ri tushdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Jabrlanuvchi tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu kuni taxminan soat 08:30 dan 17:00 gacha vaqt oralig‘ida, noma’lum shaxslar uning uyiga eshik qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, umumiy bahosi 6.800.000 so‘m miqdoridagi tilla buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qiladi.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi ayollar — 43 yoshli X.Yu., 33 yoshli S.S., 29 yoshli F.K., 27 yoshli G.U. va 21 yoshli M.Yu.lar sodir etganligi aniqlanib, yetkazilgan moddiy zarar tergov jarayonida qoplangan.

Fuqarolar X.Yu. va M.Yu.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan jinoiy til biriktirib uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik), G.U., S.S. va F.K.larga nisbatan JKning 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan ayblov e’lon qilingan va barchasiga «munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring