Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda juda ko‘p miqdorda yaroqsiz dorilarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Namanganda juda ko‘p miqdorda yaroqsiz dorilarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Namangan shahar bo‘limi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahar, Istiqbol MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Ya.O. A. ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, umumiy qiymati 426,5 mln. so‘mlik yaroqlilik muddatlari o‘tgan «Coldrex Limon» , «Baykal M»  dori vositalarini hamda 356 ming dona dori kapsulalariga o‘xshagan moddalarni qayta o‘tkazish maqsadida tanishini hovlisida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ya.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring