Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «Nexia»lar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Namanganda «Nexia»lar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

2019-yil 23-iyul kuni Namangan viloyatining Namangan tumanida yashagan 66 yoshli A.A. boshqaruvidagi «Nexia» avtomashinasini Pop tumanida «Hazratibob» MFY hududidan o‘tuvchi «Pungon-Namangan» yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Sh.A. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Natijada A.A. boshqaruvidagi «Nexia» avtomashinasi haydovchisi kasalxonada hamda u bilan yo‘lovchi sifatida ketayotgan turmush o‘rtog‘i 62 yoshli M.A. jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar. Shuningdek, haydovchi A.A.ning bir nafar go‘dak nabirasi hamda yana bir «Nexia» haydovchisi Sh.A.lar tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring