Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda smartfonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi

Namanganda smartfonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi

Foto: «GeekMe.ru»

Namangan viloyatiga tashrif buyurgan Xitoyning «LLT TechnoLogy Limited» hamda «Beijing Janus Greending WheeL Co.LTD» kompaniyasi boshqaruvi kengashi a’zolari shahar hokimligida muzokaralar olib borishdi. Bu haqda «Namnews.uz» xabar berdi.

Foto: «Namnews.uz»

Xorijlik biznesmenlar ishtirokida Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qabulida o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

Uchrashuvda Namangan shahrida yangi barpo etilgan «Yuksalish» kichik sanoat zonasida xitoylik hamkorlar bilan birgalikda telefon apparatlari uchun aksessuarlar hamda qurilish ishlarida foydalanish uchun silliqlash aylanasi (balgarka tosh) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Qayd etish joizki, mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish natijasida dastlabki bosqichda 250 ta, keyingi bosqichda esa qo‘shimcha yana 250 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring