Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda soxta prokuror qo‘lga olindi 

Namanganda soxta prokuror qo‘lga olindi 

Foto: Skrinshot

Namangan viloyatida yashovchi fuqaro N. bir necha tuman tibbiyot birlashmalariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini viloyat prokuraturasi xodimi deya tanishtirgan. Fuqaro ularga bir qancha xizmatlar va iltimosnomalar aytib, pul ta’ma qilganida qo‘lga olingan. Bu haqda «Sevimli» kanalining «Zamon» dasturida hikoya qilinadi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisi Baxtiyor Tavakkalovning aytishicha, firibgar tuman sog‘liqni saqlash boshqarmalariga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini viloyat prokuraturasidan Bekzodman deb tanishtirgan, shu orqali ularning ishonchiga kirib, ularning 300 ming, 400 ming va 1,5 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda pullarini olgan. 

Sud O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 5-qismiga muvofiq, yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan so‘ng, jinoyatchiga 3 yilga axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlagan. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring