Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zavtosanoat» Namanganda velosiped ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi

«O‘zavtosanoat» Namanganda velosiped ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi

«O‘zavtosanoat» AJ 27-fevral kuni Namangan viloyatining Norin tumanida velosiped ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur korxonani tashkil etish bo‘yicha Kelishuv «O‘zavtosanoat» AJ va «Lifan Group Co.Ltd» kompaniyasi tomonidan imzolangan. «Lifan Group Co.Ltd» kompaniyasi ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Korxonada dastlab ishlab chiqarish hajmi yiliga 150 mingni tashkil qiladi. Bosqichma-bosqich mazkur ko‘rsatkich oshib borishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsion dasturiga kiritilgan bo‘lib, uning doirasida mamlakatimzga 200 ming AQSh dollar investitsiya jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Kelgusida «Norin Moto Bike» MChJ korxonada mototsikllar, tritsikllar, skuterlar va mopedlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etish joizki, «Norin Moto Bike» zavodi xodimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan oldin Xitoyda tajriba o‘tab qaytgan. Yangi zavod hozirda 150 dan ortiq mahalliy aholini ishga joylashtirish imkonini beradi, kelgusida ish o‘rinlarini 500 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring