Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Narxni oshirgan «gaz-zapravka»larga choralar ko‘rilishi mumkin

Narxni oshirgan «gaz-zapravka»larga choralar ko‘rilishi mumkin

Foto: «Gruzovik Press»

Moliya vazirligi avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari orqali realizatsiya qilinayotgan tabiiy gaz narxini oshirishga asos yo‘qligini takroran ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu yilning 16-noyabridan avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari orqali quyilayotgan gaz narxlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, ular tomonidan realizatsiya qilinayotgan tabiiy gaz narxi 300-400 so‘mga qimmatlagan (1700-1800 so‘mdan 2000-2200 so‘mgacha).

Ma’lumot uchun: 16-noyabrga qadar «gaz-zapravka»larga yetkazib berilayotgan 1 kubometr tabiiy gazning narxi — 789 so‘m 74 tiyin (buning 289,74 tiyini — tabiiy gazning ulgurji sotish narxi, 500 so‘mi — maxsus investitsiya ustama haqi).

Moliya vazirligi gaz-zapravkalar tomonidan narxning 17 foizga oshirilishini asossiz, deya baholadi. Agar narxlar 15-noyabrgacha bo‘lgan holatga qaytmasa, ularga nisbatan tegishli sanksiyalarni ko‘rishga majbur bo‘linadi. Jumladan, transport vositalari uchun benzin, dizel yonilg‘isi va gaz iste’moli uchun soliq stavkasini ko‘paytirish orqali noqonuniy yo‘l bilan olinayotgan daromadlarni olib qo‘yish taklifi bilan chiqishga yoki boshqa fiskal choralarni ko‘rilishi mumkin.

Hozirgi paytda Davlat raqobat qo‘mitasi, «O‘zdavneftgazinspeksiyasi» va davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda nohalol raqobat faktlarini aniqlash maqsadida gaz-zapravkalarda narxlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring