Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«NASA» va «Boeing» qanoti yig‘iladigan samolyot yaratdi

«NASA» va «Boeing» qanoti yig‘iladigan samolyot yaratdi

Foto: «Hi-News»

«Boeing» hamda «NASA» birgalikda «Spanwise Adaptive Wing» loyihasi doirasida alohida ahamiyatga ega qotishmani yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu qotishma yordamida bemalol yig‘iladigan qanotlarni yasash mumkin, deb xabar berdi «Hi-News».

Yig‘iluvchan qanotga ega samolyotni yaratish g‘oyasi anchadan buyon mavjud edi, biroq ixtirochilarning oldida bu borada ko‘plab qiyinchiliklar turardi — qanotlarning yig‘ilishida xizmat qiladigan gidravlik mexanizm og‘ir va beso‘naqay bo‘lganligi uchun bir qator muammolarni tug‘dirib kelgan.

«NASA»ning «Boeing» va bir nechta tadqiqot markazlari bilan birgalikda yaratgani ixtirosi eski prototiplardan 80 foizga yengilroq bo‘lib chiqdi. «Shakl xotirasi» deya nomlangan qotishmadan tayyorlangan qanotlardan yuqori tezlikda harakatlanuvchi samolyotlarda ham foydalanish mumkin.

Yaqinda «NASA» qanotlari yuqori va pastga 0 dan 70 gradusgacha yig‘ila oladigan, masofadan turib boshqariladigan prototipni sinovdan o‘tkazgandi. Prototip «nol» holatda uchta parvozni amalga oshirdi.

Muhandislarning aytishicha, yangi qotishma o‘zini oqlashi mumkin. Ixtirochilar kelajakda ancha yengil va oddiy konstruksiyaga ega uzun yig‘ma qanotlarni yaratish niyatida. Bu yoqilg‘i sarfini kamaytiradi, shuningdek, samolyotlarga noqulay ob-havo sharoitiga moslashish uchun yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring