Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nasaf» a’zolari Qatardagi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi

«Nasaf» a’zolari Qatardagi xalqaro musobaqada ishtirok etishadi

Foto: O‘FA rasmiy sayti

Qatarning dunyoga mashhur «Aspire» jamoasi Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etayotgan musobaqaga, ikki mamlakat futbol assotsiatsiyalari o‘rtasidagi memorandumga asosan O‘zbekistondan ham futbolchilarni taklif etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur musobaqada 2000, 2001 va 2003-yilda tavallud topgan yosh futbolchilar ishtirok etishadi. O‘zbekistondan mazkur musobaqada Qarshining «Nasaf» klubi akademiyasi vakillari ishtirok etishadi. Xabaringiz bor, «Nasaf» akademiyasi 2017-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi akademiyasi sifatida e’tirof etilgandi. Musobaqa joriy yilning 1-5-aprel kunlari o‘tkaziladi.

Har bir yosh toifasida 16 nafardan futbolchini musobaqaga olib borish mumkin. Akademiya tarbiyalanuvchilarining Qatardagi musobaqaga borish-kelish xarajatlarining barchasi Qatar futbol assotsiatsiyasi tomonidan qoplanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring