Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nasaf»ning OChL o‘tish o‘yinidagi raqibi — «Al Faysaliy» FIFA tomonidan jiddiy jazolandi

«Nasaf»ning OChL o‘tish o‘yinidagi raqibi — «Al Faysaliy» FIFA tomonidan jiddiy jazolandi

«Nasaf» OChL guruh bosqichiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Foto: the-afc.com

Bilasiz, Qarshining «Nasaf» jamoasi Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichida Iordaniyaning «Al-Faysaliy» jamoasini qabul qiladi.

«Voha.uz» sayti tarqatgan xabarlarga ko‘ra, «Nasaf» mazkur uchrashuvda g‘alaba qozonib, guruh bosqichiga yo‘llanma olish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan. Gap shundaki, «Al-Faysaliy» klubi jiddiy muammolar girdobida qolgan. Jamoa Iordaniya kubogi yarim finalida «Al-Jazira»ga imkoniyatni boy bergach, klub boshqaruvini shu yilning sentyabr oyida qabul qilib olgan xorvatiyalik murabbiyi Dragan Talajich o‘z iste’fosini e’lon qildi.

Bu hali hammasi emas. FIFAdan klub nomiga kelgan rasmiy xatga ko‘ra, jamoaning to‘rt nafar yetakchi o‘yinchisi bir yil muddatga (2017 yil 14 avgustdan 2018 yil 14 avgustgacha) har qanday futbol uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Bular — Movtaz Yosin, Baha Abdul Rahmon Ibrohim, Ibrohim Dledum Zavahra va liviyalik legioner futbolchi Akram Zvai. Shuningdek, klub rahbariyatidan Sulaymon Al Assof ikki yil muddatga futboldan chetlatilgan. Bu jazo nima sababdan qo‘llanilgani haqida esa xabarlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, «Nasaf» OChL o‘tish o‘yinini 2018 yilning 30 yanvar kuni Qarshida o‘tkazadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 16:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring