Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy hokimi ham maktabda dars o‘tdi

Navoiy hokimi ham maktabda dars o‘tdi

Navoiy viloyati hokimi maktabda dars o‘tdi

Foto: «Xabar.uz»

Navoiy viloyatidagi 365 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bilimlar kuni ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

O‘tkazilgan bilimlar kuni tadbirlarida jami 178 339 nafar 1-11 sinf o‘quvchilari 35 411 nafar ota-onalar va ota-onalarning o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirok etgan bo‘lsa, mahalliy hokimiyat vakillari hamda viloyat tashkilot rahbarlaridan 623 nafar, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan kuzatuv kengashi vakillaridan 1 488 nafari ishtirok etdi.

Xususan, viloyat  hamda tuman va shahar sektor rahbarlaridan 51 nafari, viloyat korxona va tashkilot rahbarlaridan 50 nafari, mahalliy deputatlardan 260 nafari mustaqillik darslarini o‘tdilar.    

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring