Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyati hokimi ishdan olingani aytilmoqda

Navoiy viloyati hokimi ishdan olingani aytilmoqda

Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda Kun.uz o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi lavozimida ishlab kelgan Qobul Tursunov vazifasidan ozod qilinishi va uning o‘rniga yangi hokim tasdiqlanishi kutilmoqda.

Yangi hokim kim bo‘lishi borasida turli taxminlar bor. Xususan, ba’zi manbalarda Xalq banki boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Shuhrat Atabayev tilga olinsa, boshqalarida Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Normat Tursunov nomi keltirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring