Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy viloyatiga prokuror tayinlandi

Navoiy viloyatiga prokuror tayinlandi

Shoxrux Aminov.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 3-noyabrdagi buyrug‘iga asosan Aminov Shoxrux Azamatovich Navoiy viloyat prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Sh.Aminov 1981-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004-yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2014-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyat prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Avval O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy prokurori vazifasida ishlab kelgan Karimov Xidir Samatovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring