Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda bank ish o‘rganuvchisi qing‘ir ishga qo‘l urdi

Navoiyda bank ish o‘rganuvchisi qing‘ir ishga qo‘l urdi

Foto: «Xabar.uz»

Navoiy viloyatida 2019-yil oktyabr oyi boshlarida noma’lum shaxs, 21 yoshli U.H.ning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartochkasi hisobidan yashirin ravishda pul o‘tkazish yo‘li bilan jami 4.523.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan. U.H. mazkur holat yuzasidan IIBga murojaat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni «Asaka bank» Zarafshon shahar filiali ish o‘rganuvchisi 33 yoshli R.M. sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.

R.M. bank filialiga murojaat qilgan U.H.dan uning nomiga rasmiylashtirilgan hisobida 6.000.000 so‘m miqdorida pullari bo‘lgan plastik kartochkasini naqd pul qilib berish uchun olib, ushbu plastik kartochkaga ustalik bilan o‘zining telefon raqamini «OSON» dasturi orqali ulashga erishgan. Hamda 2019 yil 09-10 oktyabr kunlari yashirin ravishda ushbu karta hisobidan bo‘lib-bo‘lib jami 4.523.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘tkazib olib, keyinchalik ularni o‘zlashtirgan.

R.M.ga nisbatan shu modda bilan ayblov e’lon qilinib, «garov» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring