Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda ehtiyojmand oilalarga 1110 ta maishiy texnika vositasi tarqatildi

Navoiyda ehtiyojmand oilalarga 1110 ta maishiy texnika vositasi tarqatildi

Foto: «Xabar.uz»

Navoiy viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan olis, chekka qishloqlarda istiqomat qiladigan, ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalar vakillariga shu kungacha 1110 ta maishiy texnika vositasi  topshirildi. Shunday tadbirlardan biri Nurota tumanida ham uyushtirilib, tumanning cho‘l hududida yashovchi, kam ta’minlangan oilalari vakillariga 65ta gaz plitasi va balloni taqdim etildi.  

Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi «Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori  ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, viloyatdagi 58 nafar fuqaroga tibbiy ehtiyojlari uchun 108 mln. so‘mlik moddiy yordam berildi. Yuzga yaqin oilalarning uy-joylarini ta’mirlashga 832 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Shuhrat Normurodov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring