Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda «Kobalt» ag‘darilib ketdi. 3 kishi halok bo‘ldi

Navoiyda «Kobalt» ag‘darilib ketdi. 3 kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ surat

Foto: Novosti Ryazani i Ryazanskoy oblasti

Navoiy viloyatining Konimex tumanida kecha, 14-iyun kuni Zarafshon shahrida yashovchi Sh.E. «Kobalt» rusumli avtomashinasini Navoiy-Uchquduq yo‘lida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi natijasida avtomashina ag‘darilib ketgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchilari, Zarafshon shahrida yashagan P.X. jarohat olib voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, ushbu shaharda yashagan S.E. ismli ayol hamda uning qizi maktab o‘quvchisi A.R. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, vafot etganlar.

Shu bilan birga, avtomashina haydovchisi Sh.E. va uning qolgan yo‘lovchilari, Zarafshon shahrida yashovchi G.O‘. ismli ayol va uning turmush o‘rtog‘i Buxoro davlat universiteti 1-kurs talabasi X.R. jarohat olgani sabab shifoxonaga yotqizilganlar hamda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring