Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda Milliy gvardiya xodimlariga tan jarohati yetkazildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Navoiyda Milliy gvardiya xodimlariga tan jarohati yetkazildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Foto: «Xabar.uz»

Milliy gvardiyaga qarashli Navoiy viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi 11-alohida otryad xodimlariga tan jarohati yetkazganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga ma’lum qilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati voqelikni quyidagicha izohladi.

Voqelik shu yilning 15 mart kuni soat 12:30 lar atrofida — Navoiy kon metallurgiya kombinatining «Qoraqo‘ton» konidan tarkibida oltin moddasi bo‘lgan ruda toshlari «Ziyovuddin» temir yo‘l stansiyasi orqali olib ketilayotgan paytda yuz bergan. Ya’ni, poyezd vagonlari «Agrokimyohimoya» HAJ Paxtachi tuman filiali binosi ro‘parasiga kelgan paytda bir necha fuqarolar ruda toshlarini talon-toroj qilishga tushadi.

O‘z navbatida poyezdni kuzatib kelayotgan kon ishchilari va Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi 11-alohida otryad xodimlari tomonidan tegishli harakatlar amalga oshirilib, Yu.Sardor (1996 y.t.) ushlanadi. Uni tuman IIBga olib borish maqsadida NKMKga tegishli «UAZ» rusumli avtomashinasiga mindirish vaqtida Yu.Sardorning otasi Yu.Saidmurod (1956-y.t., muqaddam sudlangan) va boshqalar kon hamda otryad xodimlarining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatishib, ularga tosh otishadi. Buning natijasida avtomashinaga shikast, ikki nafar otryad xodimiga tan jarohati yetadi.

Ayni paytda Paxtachi tuman prokurori tomonidan Yu.Saidmuroda va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring