Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda nogironning bo‘yniga arqon o‘rab azoblagan shaxs aniqlandi

Navoiyda nogironning bo‘yniga arqon o‘rab azoblagan shaxs aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Navoiy viloyati Navbahor tumani Yangiyo‘l mahallasida yashaydigan 2-guruh nogironi Sh.U.ning aqli zaifligidan foydalanib, bo‘yniga arqon o‘rab azob berilgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Hodisaga Navoiy viloyati IIB o‘z munosabatini bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu videolavhani o‘rganish davomida videolavhadagi shaxs haqiqatdan ham Navbahor tumani Yangiyo‘l mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi Sh.U. ekanligi hamda holat 2021-yilning 22-yanvar kuni soat 14:00 da sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur videolavha fuqaro P.K tomonidan o‘zining yashash xonadonidagi  molxonasida shunchaki hazil uchun olingani va  do‘stlariga tashlagani, ijtimoiy tarmoqlarga qanday chiqib ketganligidan xabari yo‘qligi aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Navbahor tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring