Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda uch oylik farzandini ikki xonali xonadonga almashtirmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Navoiyda uch oylik farzandini ikki xonali xonadonga almashtirmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi

Navoiy shahrida uch oylik farzandini ikki xonali xonadonga almashtirmoqchi bo‘lgan ona qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

2020 yilning 23 may kuni soat 17:30 da Navoiy viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, fuqaro Z.U. (ayol) uch oylik farzandini 25.000 AQSh dollari qiymatiga teng bo‘lgan, Navoiy shahri hududidan ikki xonali xonadonga almashtirish uchun M.G‘. bilan o‘zaro kelishib, Karmana tumani hududida joylashgan «Qosimshayx» jome masjidi binosi oldida ko‘rishgan. U M.G‘.dan Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasida joylashgan xonadonning kadastr hujjatlarini olib, bolakayni M.G‘.ga berayotgan vaqtida ushlanib, undan ikki xonali xonadonga tegishli bo‘lgan kadastr hujjatlari ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Karmana tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan. Dastlabki tergov jarayonida Z.U. gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib huquqlari advokat ishtirokida tushuntirildi, biroq gumonlanuvchi himoyachi xizmatidan voz kechishini ma’lum qildi va so‘roq qilindi.

Mazkur jinoyat ishi Tergov departamenti rahbariyati tomonidan alohida nazoratga olindi, jinoyat ishi yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring