Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiylik tadbirkor diler bo‘laman deb 300 millionga chuv tushdi

Navoiylik tadbirkor diler bo‘laman deb 300 millionga chuv tushdi

Foto: «r-storona.ru»

Navoiy shahrida 21 noyabr kuni Spitamen ko‘chasida yashovchi Sh.I. undan aldov yo‘li bilan 300 mln. so‘m olib, va’dasini bajarmay yurgan firibgar ustidan IIBga murojaat qildi.

U o‘z murojaatida 2017-yil iyul oyida Karmana tumanida yashovchi A.A. unga viloyat bo‘yicha yaxna ichimligining dilerligini olib berishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 300 mln. so‘m pulini olib, bergan va’dasini bajarmay yurganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida A.A. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring