Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navro‘z kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Navro‘z kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: O‘zA

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 21-mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +12 daraja, kunduzi +24 ... +26 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +22 ... +27 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +23 ... +28 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +23 ... +28 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +6 ... +11 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi +4 ... +9, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +7 ... +12, kunduzi +23 ... +28 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring