Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Neftchi» – «Nasaf» uchrashuvini Birodar Abduraimov boshlab berdi

«Neftchi» – «Nasaf» uchrashuvini Birodar Abduraimov boshlab berdi

Foto: O‘FA rasmiy sayti

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov superliganing ochilish uchrashuvlaridan biri bo‘lgan «Neftchi» – «Nasaf» uchrashuvini Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» stadionidan bevosita kuzatib borish uchun Farg‘onaga tashrif buyurdi.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, U.Ahmadjonov mavsumning ilk o‘yini oldidan so‘zga chiqib, farg‘onaliklarni tabriklagan va hamisha stadionlarni to‘ldirib o‘tirishga chorlagan.

O‘yindagi dastlabki zarbani ramziy ravishda futbolimiz afsonasi Birodar Abduraimov amalga oshirgan. Shundan keyin FIFA referisi Ravshan Ermatov uchrashuvga start berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring