Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abror Zohidov

Kelajakka umid qilish yaxshi, ammo ayni dam ham go‘zal ekanligiga shukr qilish undanda yaxshi.

Nega yomg‘irlar kamayib ketdi yoxud nega qor yog‘mayapti?

Nega yomg‘irlar kamayib ketdi yoxud nega qor yog‘mayapti?

Osmondan tushgan har bir tomchi bebaho ne’mat.

Foto: «Drive2.ru»

Kutmang, bu savolga javob berolmaymiz, chunki o‘zimiz ham buning aniq javobini bilmaymiz. Bu hozirgi kunda juda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan masala.

Yurtimizda to‘rt fasl almashinuvi odatda sezilarsiz kechadi. Lekin bu yil kuzda yomg‘ir deyarli bo‘lmaganidek, qishda ham qor yog‘mayapti. Biz odatda qorga faqat zavq ulashuvchi, bolalar quvnab o‘ynovchi tabiat hodisasi sifatida qaraymiz. Lekin hayotimizda uning ahamiyati shunchalar kattaki...

Milliy folklorimizda, e’tibor bergandirsiz, bir to‘da ayollar «sus xotin» deb mavsum qo‘shiqlarini aytishadi. Ko‘pchiligimiz bu so‘zlarda, harakatlarda nima ma’no yashiringanini tushunmaymiz. Aslida ularning hammasi xalqning qandaydir dardi, quvonchi, ohu-nolasini aks ettiradi. Odamlar qoru-yomg‘ir so‘ragani, bahor kelganida quvonib marosimlar o‘tkazgani, hatto shamolni chaqirib hushtak chalganlari bizga hozir erish tuyuladi.

Biz qancha zamonaviylashganimiz sari tabiatdan shuncha uzoqlashib bormoqdamiz. Holbuki har bir nafasimiz, har bir onimiz tabiat ne’matlarisiz kechmasligini o‘ylamaymiz ham. Zamindagi har bir tirik jon aslida tabiatning bir bo‘lagi, zarrasi.

O‘tgan asrda «Fan-texnika taraqqiyoti tabiatni yengdi, endi inson tabiatga bo‘ysunmaydi, uni istagancha jilovlay oladi» degan aqida paydo bo‘lgan va bu ulug‘ yutuq sifatida darsliklariga kiritilib, maktablarda o‘qitilgandi. Bizdagi e’tiborsizlik o‘sha paytlardan qolgan bo‘lsa ajabmas. Albatta, biz itoatgo‘y, so‘raguvchi xalqmiz. Har safar dasturxon ustida, yig‘inlarda yurtimizga tinchlik, farzandlarimizga sog‘liq so‘raymiz. Farovonlikni tilab duolar qilamiz. Lekin osmondan tushgan har bir tomchi suv ham bebaho ne’mat. Mo‘l-ko‘lchilik, hosillarimizdagi baraka, jonivorlardagi ko‘payish — hamma-hammasi shu ne’matga bevosita bog‘liq. Demak, duolarimizda, tilaklarimizda har qancha yomg‘ir so‘rasak, qor tilasak arziydi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring