Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar «Real»ga rad javobini berdi. «Qirollik klubi»da qanday variantlar qoldi?

Neymar «Real»ga rad javobini berdi. «Qirollik klubi»da qanday variantlar qoldi?

Foto: «larepublica.pe»

Madridning «Real» klubi o‘z transfer siyosatini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi. Chunki Neymar madridliklar taklifini rad etdi va PSJda qoladigan bo‘ldi.

Neymarning rad etishi «Real» prezidenti Florentino Peres rejalarini jiddiy o‘zgartirib yuborishi mumkin. Peres aynan shu futbolchi orqali klubni tark etgan Krishtianu Ronaldu o‘rnini qoplashni rejalashtirgan edi.

Endi Florentino Peres nafaqat bir yulduz, balki uch nafar yulduz futbolchini xarid qilishga qaror qilgan.

«Real»ning dastlabki yulduzli xaridi «Chelsi» posboni Tibo Kurtua bo‘lishi kutilyapti.

Ikkinchi nomzod – Eden Azar. Azar Madrid sari deyarli yo‘lga chiqib bo‘lgandi, ammo «Chelsi» boshqaruviga Mauritsio Sarri kelgach, 27 yoshli belgiyalikning transferi «muzlab» qoldi.  Peres futbolchi uchun 150 mln yevrodan voz kechishga tayyor. «Real»ning yangi ustozi Xulen Lopetegi ham uni Ronalduning o‘rniga munosib nomzod deb hisoblaydi.

«Galaktikos» №3 — Mauro Ikardi yoki Robert Levandovski. Polshalik futbolchiga «Bavariya» 100 mln. yevro narx belgilab qo‘yganidan keyin uning «Santyago Bernabeu»ga o‘tishi qiyinlashib qoldi. Biroq Neymar varianti yo‘qqa chiqqach, Peres yana Levandovski nomzodiga qaytishi mumkin.

Ikardini xarid qilishni esa «Real» skautlari qat’iy taklif qilishmoqda. Peresning fikricha, argentinalik futbolchining yagona kamchiligi – uning nomdor yulduz emasligi. Klub prezidenti aynan yulduz futbolchilar xaridi bilan muxlislarni hayron qoldirish niyatida. Ikardi bu jihatdan Levandovskiga biroz yutqazadi.

Zaxira variantlar: Harri Keyn; Dibala.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring