Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Neymarning ko‘z yoshlari: braziliyalik yana safdan chiqdi

Neymarning ko‘z yoshlari: braziliyalik yana safdan chiqdi

Foto: AFP/Getty Images

Fransiya chempionatining o‘tgan turi «PSJ» uchun har tomonlama og‘riqli bo‘ldi. Turnir jadvalini boshqarib kelayotgan parijliklar asosiy ta’qibchilardan biri — «Lion»ga o‘z maydonida yutqazib qo‘yishdi — 0:1. Endi nafaqat «Lion», balki «Lill» ham «PSJ»dan yuqorida!

O‘yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida «Lion» yarimhimoyachisi Tiago Mendes Neymarning oyoqlari tagiga tashlandi (yuqoridagi surat). O‘yin hakami Benua Basten Mendesga avvaliga sariq kartochka ko‘rsatdi.

To‘pig‘idan jarohatlangan Neymar o‘yinni davom ettira olmadi. Shundan so‘ng VARga murojaat qilgan hakam qarorini o‘zgartirib, Mendesni maydondan chetlatdi.

Braziliyalik yulduz esa maydonni zambilda tark etdi. Aytishlaricha, uning ko‘zi to‘la yosh bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring