Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neyrotarmoq qora tanli odamlarni aniqlashda xatolikka yo‘l qo‘ymoqda

Neyrotarmoq qora tanli odamlarni aniqlashda xatolikka yo‘l qo‘ymoqda

Inson yuzini skaner qilish tizimi.

Foto: «Hi-News»

Inson yuzini skaner qilish tizimi kundalik hayotimizdan o‘rin olib ulgurdi. Undan «Face ID» kabi skanerlash va hatto jinoyatchilarni aniqlashda ham foydalanilmoqda. Massachusets va Stenford texnologiya universitetining tadqiqotchilari bir nechta sun’iy intellektlar ustida izlanish olib borib, ular irqchilikka moyil ekanligini aniqladi, deb xabar berdi «Hi-News».

Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lishicha, algoritm oq tanli erkaklarning jinsini aniqlashda faqatgina 0,8 foiz xatolikda ishlagan, qora tanli ayollarda esa ushbu ko‘rsatkich 30 foizni tashkil etgan. Qonun buzilishini isbotlash maqsadida «MIT» xodimasi Joy Buolamvini turli odamlarning 1200 ta suratini to‘pladi (unda asosan qora tanli ayollar tasvirlangan). Shundan so‘ng u Fitspatrik shkalasining 6 darajasi bo‘yicha ularni baholadi: I — eng yorqin, VI — eng qora.

Natijada ma’lum bo‘lishicha, Fitspatrik shkalasi bo‘yicha IV, V yoki VI tipidagi qora tanli ayollarda xatolik tegishli ravishda 20,8 foiz, 34,5 hamda 34,7 foizni tashkil etgan. Demak, odamning terisi qanchalik qora bo‘lsa, xatolik ham shuncha yuqori bo‘lmoqda. 

Bu esa yuzni tanish algoritmi rostdan ham to‘g‘ri ishlayaptimi degan gumonni yuzaga keltiradi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring