Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nigeriyada benzin tashuvchi mashina portlab ketdi. Qurbonlar ko‘p

Nigeriyada benzin tashuvchi mashina portlab ketdi. Qurbonlar ko‘p

Foto: «Reuters.com»

Kecha, 10-sentyabr kuni Nigeriyaning Nasarava shtatida benzin tashuvchi mashina portlab ketdi, oqibatda 35 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi xabar berdi.

Qutqaruv xizmati vakili Usmon Ahmadning aytishicha, baxtsiz hodisa yonilg‘i quyish shoxobchasida ro‘y bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, juda ko‘plab odamlar nima bo‘lganiga qiziqib voqea joyiga yaqinlashganida portlash qaytalangan, shuning uchun qurbonlar va jarohatlangan soni ancha.

Voqea joyida tezkor xizmatlar ish olib boryapti. Hodisa sababi va jabrlanganlarning aniq soni aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring