Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda noma’lum kasallikka chalingan qizcha ham vafot etdi

Qashqadaryoda noma’lum kasallikka chalingan qizcha ham vafot etdi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 4 yoshli bola noma’lum kasallikdan 20 iyun kuni vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shu oilada yashovchi 6 yoshli qizaloq ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani, ammo unga mutaxassislar tashxis qo‘ya olmagani haqida qayd etilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, qizaloqni ham asrab qolish imkoni bo‘lmagan.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi voqeaga munosabat bildirib,  holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida SSV tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgani qayd etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring