Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy avtoshina savdosiga barham berildi

Noqonuniy avtoshina savdosiga barham berildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasining soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi nazorat tadbirida Xo‘jayli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Sh.noqonuniy ravishda chet elda ishlab chiqarilgan 12 turdagi avtotransport shinalarini sotish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi.

 Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar berdi.

Natijada fuqaro D.Sh.ning jami qiymati 114 mln. 650 ming so‘mlik 12 turdagi 477 dona shinalari savdosiga chek qo‘yilib, masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring