Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Norvegiya yoqilg‘ida harakatlanadigan transport vositalaridan butunlay voz kechadi

Norvegiya yoqilg‘ida harakatlanadigan transport vositalaridan butunlay voz kechadi

Foto: «Inhabitat»

Norvegiya nafaqat o‘zining ajoyib tabiati va yashash uchun eng yaxshi ko‘rsatkichi bilan, balki aholisining atrof-muhitga bo‘lgan munosabati bilan ham faxrlana oladi. Shu sababli mamlakatda borgan sari elektromobillarga bo‘lgan talab oshib bormoqda, deb xabar berdi «Hi-News».

«Hozirda Norvegiyada elektrokarlarga bo‘lgan talab beshdan bir qismni tashkil etadi, yaqin yillarda esa elektromobillar ichki yonuv dvigatelida harakatlanadigan mashinalarni butunlay bozordan chiqarib tashlaydi», — deydi mamlakat iqlim va atrof-muhit vaziri Ole Elvestuen.

Uning ta’kidlashicha, havoga chiqindi chiqarmaydigan avtomobil egalariga mamlakatda barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi, davlat dasturlari tomonidan subsidiya ajratiladi. Norvegiya aholisi ham hukumatning rejasiga qo‘shilib, elektrokarlarga qiziqish bildirmoqda. Hozirda oddiy avtomobilga ega haydovchilar ham kelajakda elektromobil sotib olishni ma’qul ko‘rishyapti.

Bunday yondashuv nafaqat avto, balki havo transportlariga ham tegishli. 2040 yilga borib mamlakatdagi barcha ichki reyslar elektrosamolyotlar yordamida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring