Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda o‘smirni poyezd bosib ketdi (video)

Nukusda o‘smirni poyezd bosib ketdi (video)

2019-yil 5-yanvar kuni Nukusda qulog‘ida «naushnik» bo‘lgan 17 yoshli o‘smirni poyezd bosib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Natijada, R.D. voqea joyida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu baxtsiz hodisaning videosi paydo bo‘ldi. Video poyezd mashinisti xonasidan tasvirga olingan. Bola temir yo‘li ustida poyezdga teskari qarab ketmoqda. Mashinistlar yo‘lda ketayotgan o‘smirni signal bilan ogohlantirishga uringan, fojia oldini olish uchun tormozni tortgan. Afsuski, bu urinishlar besamar ketgan.

Yo‘llarda hushyor bo‘ling, ayniqsa, «naushnik»da yurish hayot uchun xavfli ekanini unutmang.

Ogohlantirish: yuragi bo‘shlarga quyidagi videoni ko‘rish tavsiya qilinmaydi (+18).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring