Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusda somon g‘aramida yong‘ir sodir bo‘ldi, bir ayol vafot etdi

Nukusda somon g‘aramida yong‘ir sodir bo‘ldi, bir ayol vafot etdi

Foto: «Google.com»

Nukusda presslangan somonlar saqlangan g‘aramda yong‘in sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirilgach Nukus shahar Sarancha elati Amudaryo mahallasida yashagan 57 yoshli G.T.ismli ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in joriy yilning 7 iyunida, tahminan soat 05.53 da boshlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Sarancha elati Amudaryo MFY hududida joylashgan dala maydonida Nukus shahrida yashovchi Yu.B.ga tegishli 1500 dona presslangan somon g‘aramida yong‘in bo‘lib, o‘chirilgach dala maydonning 70 kv.m maydonida 500 dona press somonlar to‘liq yonib zarar ko‘rganligi aniqlangan.

Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring