Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda yo‘lovchi poyezdi «Nexia» bilan to‘qnashdi (video)

Nukusda yo‘lovchi poyezdi «Nexia» bilan to‘qnashdi (video)

Foto: «Repost»

28-oktyabr kuni Qo‘ng‘irot — Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi «Nexia» bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda «Repost» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidasiga amal qilmagan va temir yo‘lni kesib o‘tayotganida poyezd uni katta tezlikda urib yuborgan. «Nexia» bir necha o‘n metr nariga dumalab ketgan. Avtomashina ichida ayollar va bolalar ham bo‘lgan. O‘n daqiqa ichida voqea joyiga tez tibbiy yordam yetib borgan. «Nexia» ayanchli ahvolga tushgan bo‘lsa-da, baxtli tasodif tufayli hech kim jabr ko‘rmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring