Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elnur Abduraimov professional boksda «NUR» taxallusi ostida jang qiladi

Elnur Abduraimov professional boksda «NUR» taxallusi ostida jang qiladi

Elnur Abduraimov professional boksdagi birinchi jangiga tayyorlanmoqda.

Foto: «SPORTS.uz»

Jahon va Osiyo chempionatlari g‘olib va sovrindori, qator xalqaro turnirlar g‘olibi Elnur Abduraimov professional boksda faoliyatini boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Elnur shu yilning 20-aprel kuni Las Vegasda o‘zining professional boksdagi birinchi jangini o‘tkazishi ma’lum bo‘lgach, O‘zA muxbiri u bilan suhbatlashdi.

– Professional boksda hech qachon oson jang bo‘lmaydi. Siz ilk jangingizda kim raqib bo‘lishini bilmaysiz. Bu sizga qiyinchilik tug‘dirmaydimi?

– Albatta, raqib kim ekanini hozirda bilmayman va bu biroz mashg‘ulotlar jarayonida qiyinchilik tug‘dirmoqda. Lekin Mayamidagi «Fight Promotion» klubida murabbiy Pedro Diaz bilan turli usulda mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz va raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar g‘alaba qozonishga bor kuch-g‘ayratimni sarflayman.

– Professional boksda «NUR» taxallusi bilan janglarda ishtirok etishingiz haqida xabar topdik. Nega aynan «NUR» taxallusini tanladingiz?

– Men professional boksga endigina kirib keldim. Havaskor boksdagi musobaqalarda bir qator muhim musobaqalarda g‘olib bo‘ldim. Endilikdagi maqsadim professioan boks olamida yorqin nur kabi porlamoqchiman. Shuning uchun ham bu taxallusni tanladim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring