Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, ta’ziya bildirdi

Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, ta’ziya bildirdi

Foto: «President.uz»

Bugun, 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali suhbatlashishdi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida, Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonda o‘zbekistonlik fuqarolarning vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Ikki davlat rahbari telefondagi so‘zlashuv chog‘ida, bo‘lajak uchrashuv oldidan o‘zaro qilinadigan ishlarni muhokama etishdi.

Jumladan, ikki davlat o‘rtasida hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida fikr almashishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring