Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nyu-Yorkda «Mustaqillik kubogi-2018» musobaqasi o‘tkazildi

Nyu-Yorkda «Mustaqillik kubogi-2018» musobaqasi o‘tkazildi

AQShning Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuniga bag‘ishlab har yili a’nanaviy tarzda «Mustaqillik kubogi» musobaqasi o‘tkazilib kelinadi. Unda AQShda yashayotgan va faoliyat olib borayotgan hamyurtlarimiz ishtirokida futbol o‘yinlarini tashkil qilinadi.

Shu yilning 15-sentyabr kunida ham Nyu-Yorkda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti maslahatchisi San’at Sharipov hamkorligida mazkur katta futbol bayrami bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Uff.uz» xabar berdi.

Musobaqada AQShning 9ta shtatidan 12ta jamoa tashrif buyurdi. E’tiborlisi shu bo‘ldiki, bu safargi musobaqada O‘zbekistonning diplomatik missiya vakillari ham ishtirok etdi. Ular orasida O‘zbekiston Havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi, O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi konsullik idorasi, shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkilotidan ham vakillar qatnashishdi.

Musobaqa juda chiroyli tarzda tashkil qilindi. Katta qozonda 70 kg.li o‘zbekcha osh damlandi Bolalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qilindi. Barchaning kayfiyati ko‘tarinki ruhda bo‘ldi. Stadion atrofiga ko‘plab muxlislar keldi.

Tadbirda O‘zbekistonning BMTdagi elchisi Baxtiyor Ibragimov nutq so‘zladi va u jumladan shunday dedi:

«O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab yaqindagina Nyu-York markazi «Uoll striit»da yurtimiz bayrog‘i ko‘tarilgandi. Mana bugun esa yana bir ajoyib bayram guvohiga aylanayapmiz.

«Mustaqillik kubogi-2018» musobaqasin hozirdanoq juda yuqori saviyada o‘tadi, deb hisoblashimiz mumkin. Sababi AQShning 9ta shtatidan 12ta jamoaning yig‘ilganini ko‘rib xursand bo‘lib turibmiz.

Bugun mehmonlar qatorida shaharning Bruklik tumani ma’muriyatidan rahmat o‘rinbosari janob David Yoxansonning aynan mana shu tadbirga kelganligi o‘zbekistonliklarning AQShda ham o‘z o‘rni borligidan dalolatdir.

Barcha ishtirokchilarga omad tilayman!».

Shu tariqa o‘yinlarga start berildi. Yuzlab yig‘ilgan muxlislar ko‘z o‘ngida bir biridan qiziqarli bo‘lgan bahslar boshlandi. Yarim finalga eng kuchli to‘rtta jamoa yo‘l oldi.

Finalda bo‘lsa, Pensilvaniya shtatining «Do‘stlik» hamda Nyu-Yorkning «Marokand» jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi. O‘yinning asosiy daqiqalarida 2:2 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham yana bittadan gollar kiritildi, yakuniy hisob 3:3 bo‘ldi.

Keyin g‘olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashga kirishildi. Unda, umumiy 7:6 hisobi qayd etilib, «Marokand» jamoasi bosh sovringa ega bo‘ldi. 3-o‘rin uchun bahsda Nyu-Yorkning ikki «Paxtakor» va «Kaymans» jamoalarilari o‘zaro kuch sinashdi. Unda paxtakorchilar 3:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishdi va musobaqaning 3-o‘rinini egallashdi.

Xullas, o‘zbekistonlik vatandoshlarimiz AQShda ajoyib futbol turniriga guvoh bo‘lishdi. Kelasi yili ham uni ommaviy tarzda o‘tkazishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring