Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ob-havo ma’lumoti: 4-yanvardan O‘zbekistonda izg‘irin boshlanadi

Ob-havo ma’lumoti: 4-yanvardan O‘zbekistonda izg‘irin boshlanadi

Foto: «Instagram»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 4-yanvar kuni Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi +2 - +4 daraja, kunduzi +4 - +6 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esib, 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi -3 - +2 daraja, kunduzi 0 - +5 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esib, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esib, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esib, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatilarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti. Kechasi +3 - +8, kunduzi +7 - +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esib, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi -3 - +2 daraja sovuq, kunduzi +3 - +8 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esib, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kechasi va kunduzi -2 - +3 daraja, Nurafshonda esa kechasi 0 - +5 daraja, kunduzi +3 - +8 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esib, 12-17, ba’zida 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring