Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ob-havo ma’lumoti: kunlar yana iliy boshlaydi

Ob-havo ma’lumoti: kunlar yana iliy boshlaydi

Foto: «Pars Today»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 9-fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -5 daraja, kunduzi +7 ... +9 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi -14 ... -9 daraja, kunduzi -2 ... +3 daraja iliq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi -12 ... -7, kunduzi +1 ... +6 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +8 ... +13 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi -10 ... -5 daraja, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -14 ... -9 daraja, kunduzi -7 ... -2 daraja sovuq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi -7 ... -2 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring