Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘g‘li bilan keliniga shar’iy nikoh o‘qigan ota jazolandi

O‘g‘li bilan keliniga shar’iy nikoh o‘qigan ota jazolandi

Foto: «Sxabar.uz»

Qonuniy nikohdan o‘tmagan yoshlarga shar’iy nikoh o‘qigan ikki nafar mulla eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

FHDYo tomonidan berilgan hujjatga ega bo‘lmagan shaxslarga shar’iy nikoh o‘qigan har qanday mulla yoki imom-xatib jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida qat’iy ogohlantirilgandi.

Shunga qaramay, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanining «Shirin» mahallasida yashovchi 86 yoshli N.N. maxsus diniy ma’lumotga egaligi to‘g‘risida xujjati bo‘lmagan holda 2020-yil 25-iyun kuni FHDYo bo‘limida qonuniy nikohdan o‘tmagan Q.I. va A.G.larga sha’riy nikoh o‘qib qo‘ygan.

Q.I. 86 yoshli N.N.ga kelib, uning qonuniy nikohi hali sud orqali bekor qilinmaganligi, lekin birinchi turmush o‘rtog‘i bilan birga yashamayotganligini aytib, hozir boshqa ayolga uylanayotganligi sababli ularni sha’riy nikohlab qo‘yishni so‘ragan. N.N. esa qonuniy turmush o‘rtog‘i bo‘lgan (hatto, ular birga yashashmasa-da, nikohi qonuniy) fuqaroni boshqa ayolga nikohlab, qonun buzilishiga sabab bo‘lgan.

Shu tufayli N.N.ga nisbatan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi.

Yana, 1957-yilda tug‘ilgan, Boyovut tumani «Istiqlol» mahallasida yashovchi S.R. ham garchi vakolati bo‘lmasa-da, 2020-yil 26-mart kuni o‘g‘li S.R. va A.S.larga sha’riy nikoh o‘qigan. S.R. o‘g‘lini 2018-yildan buyon qonuniy turmush o‘rtog‘i S.O. bilan birga yashamayotganligi sababli uni uylantirishni maqsad qilgan. Avvaliga, bu masalada rasmiy imom-xatiblarga murojaat qilganligi, ammo sud tomonidan o‘g‘lining birinchi turmush o‘rtog‘i bilan tuzilgan nikoh shartmonasi bekor qilinmaganligi sababli rasmiy imom-xatib sha’riy nikoh o‘qishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng S.R. o‘z xatti-harakatlarining noqonuniy ekanligini bila turib, o‘g‘li va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga sha’riy nikoh o‘qib qo‘ygan. 

Sud har ikkala huquqbuzarning nafaqa yoshida ekanligi, ularning qilmishidan pushaymonligi, oilaviy sharoiti, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb topib, yuqoridagi modda sanksiyasida belgilanganidan ham kamroq, ya’ni eng kam oylik ish haqining 50 (ellik) baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi, deb yozadi Jinoyat ishlari bo‘yicha Boyovut tumani sudining raisi Shuxrat ISMAILOV.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring