Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda bir nechta mashina to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor

Ohangaronda bir nechta mashina to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor

Arxivdan

Foto: «Kun.uz»

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 5-fevral kuni soat 15.30 da Yu.A. (ayol kishi, 1995-yilda tug‘ilgan) ishonch qog‘ozi bilan boshqa odamga tegishli «Spark» rusumli avtomashinasini «Angren-Ohangaron» avtomobil yo‘nalishi bo‘ylab haydab ketayotgan vaqtida o‘ng bo‘lakdan chap bo‘lakka o‘tib, o‘z yo‘nalishi bo‘ylab ketayotgan T.O. (1988-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi «Neksiya» avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Bu vaqtda «Spark» haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, o‘z yo‘nalishi bo‘ylab ketayotgan N.O. (1995-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, J.I. (1989-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashinaga urilgan.

Oqibatda «Neksiya» mashinasining yo‘lovchisi nafaqaxo‘r, Sh.Yu. (1961-yilda tug‘ilgan) olgan tan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan. Ushbu avtoulovning boshqa yo‘lovchilari «chap yelka suyagi sinishi» tashxislari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ohangaron tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring