Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronlik haydovchi YPX inspektorini tosh bilan urdi

Ohangaronlik haydovchi YPX inspektorini tosh bilan urdi

Foto: Zamin.uz

Toshkent viloyatining Ohangaron tumani Mamayqo‘rg‘on MFY hududida viloyat IIB YHXB YPX inspektori, B.Sayfiddinov shu yerda harakatlanib kelayotgan 1997-yilda tug‘ilgan J.Madaliyev boshqaruvidagi «VAZ-21011» rusumli avtomashinani to‘xtatgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

YPX inspektori undan avtomashina hujjatlarini so‘raganida, xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay avtomashina hujjatlarini taqdim qilmagan.

Shundan so‘ng safdor B.Sayfiddinov J.Madaliyevni Olmaliq shahrida joylashgan Tibbiy ekspertiza markaziga mastlik holatini qayd etish uchun uning avtomashinasida olib ketayotgan vaqtida J.Madaliyev safdor B.Sayfiddinovga hojatga chiqmoqchi ekanligini aytib avtomashinani yo‘l chetiga to‘xtatishini so‘ragan. U shundan so‘ng inspektor B.Sayfiddinovning orqa tomonidan kelib, uni yuz qismiga tosh bilan urib jarohat yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. Natijada YPX inspektoriga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida J.Madaliyev qo‘lga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring