Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OITSga qarshi kurashish markaziga yangi rahbar tayinlandi

OITSga qarshi kurashish markaziga yangi  rahbar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bir necha kun oldin OITSga qarshi kurash markazi direktori Nurmat Satiniyazovich Atabekov Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, tibbiyot fanlari doktori Qahramon Yuldashev Respublika OITSga qarshi kurashish markazining yangi direktori etib tayinlangan.

Ma’lumotda aytilishicha, yangi rahbarning zimmasiga OIV infeksiyasini erta aniqlash, uni profilaktikasini o‘z vaqtida amalga oshirish, diagnostika  va davolash standartlarini qayta ko‘rib, zamonaviy hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, ushbu kasallikka qarshi samarali kurashish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash, shifoxona ichki infeksiyalari bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish singari muhim vazifalar yuklatilgan.

Shuningdek, u, bugungi kun talabidan kelib chiqib mutaxassislar malakasini oshirish, immunologiya, virusologiya va epidemiologiya yo‘nalishlarida ilmiy ishlarni rivojlantirish, shu bilan birga, aholi o‘rtasida ushbu kasallikka qarshi samarali targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, jahonning nufuzli xarqaro tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash kabi qator ustuvor masalalarga ham mas’ul etib belgilandi.

Q.Yuldashev bugunga qadar Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti tibbiy profilaktika fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring