Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JAR da fojia: ikki poyezd to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor

JAR da fojia: ikki poyezd to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor

Foto: «Twitter»

Janubiy Afrika Respublikasida baxtsiz hodisa yuz berdi: ikki poyezd to‘qnashib ketdi. Fojia «Mountain View» temir yo‘l stansiyasida yuz bergan.

To‘qnashuv oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani, 200 dan ziyod kishi turli darajada jarohat olgani haqida xabar berilgan. Keyinroq berilgan xabarlarga ko‘ra esa, shifoxonalarga yotqizilganlar soni 300 nafarga yaqinlashgan.

SABC telekanali yozishicha, stansiyaga kirib kelgan poyezd to‘xtab turgan poyezdga kelib urilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring