Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuz yil ichida bittayam hasharot qolmaydi

Yuz yil ichida bittayam hasharot qolmaydi

Foto: CC0

Hasharotlar boshqa turlar orasida eng tez qirilib ketyapti, shu ketishda yana bir asrdan so‘ng yer yuzida bittayam hasharot qolmasligi mumkin. Bu haqda Sidney universiteti olimlarining «Biological Conservation» nashrida chiqqan maqolasida so‘z boradi.

Olimlar 73 ta tadqiqot o‘tkazib shunga amin bo‘lishdiki, har yili hasharotlar populyasiyasi 2,5 foizga qisqarib boryapti.

Hasharotlar sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar va qushlardan ko‘ra sakkiz baravar tez qirilib ketyapti.

Hasharotlarning deyarli 40 foizi tinmay kamaymoqda, qariyb uchdan bir qismi esa butunlay qirilib bitish arafasida turibdi. Yana o‘n yildan so‘ng sayyoramiz hasharotlarning to‘rtdan bir qismini, yarim asrdan so‘ng esa teng yarmini yo‘qotishi mumkin. Roppa-rosa 100 yildan keyin esa Yer hasharotlarsiz sayyoraga aylanishi ehtimoli katta.

Hasharotlarning bunchalik tez qirilib borayotganiga asosiy sabab qishloq xo‘jaligining jadal taraqqiy etayotgani — olimlar buni ishonch bilan ta’kidlashmoqda.

Avstraliyalik olimlar hasharotlarning qirilib ketishi butun insoniyat uchun ayanchli oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring