Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar koronavirusni yuqtirish bilan rezus-omil o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi

Olimlar koronavirusni yuqtirish bilan rezus-omil o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi

Foto: «News.myseldon.com»

Ispaniya va Braziliya olimlari manfiy rezus-omilli kishilar yangi tipdagi koronavirusga ko‘proq chalinadi hamda kasallikni og‘irroq o‘tkazadi degan xulosaga kelishdi. Tadqiqotchilar bunday bog‘liqlik sabablarini «medRxiv» portalida chop etishdi.

126 mamlakatda koronavirus tez tarqalishiga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rgangan olimlar manfiy rezus-omilli odamlar ko‘p yashaydigan davlatlarda kasallikka chalinish holati ko‘proq qayd etilganini aniqlashdi. Ularga Avstraliya, Avstriya, Braziliya, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va AQSh kiradi. Ushbu mamlakatlarda COVID-19 tarqalishi «portlovchi» xususiyatga ega bo‘lgan.

Tadqiqotda manfiy rezus-omilli qon guruhiga ega odamlar koronavirusni tez yuqtirishga moyil bo‘lishi ta’kidlangan. Shuningdek, ularda yurak-qon tomir, respirator va boshqa kasalliklar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lib, bu kasallik kechishining yomonlashishiga olib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring