Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaliqda janjal oqibatida 25 yoshli yigit vafot etdi

Olmaliqda janjal oqibatida 25 yoshli yigit vafot etdi

Foto: Toshkent viloyati IIBB

8 iyul kuni Olmaliq shahrida joylashgan «Olmaliq dehqon bozori» MChJ hududida meva va poliz mahsulotlari sotish bilan shug‘ullanuvchilar (ismlar o‘zgartirilgan) aka-uka 29 yoshli Bahodir va 22 yoshli Ismoil hamda 25 yoshli Kozimjon o‘rtasida o‘zaro gap talashishlari oqibatida janjal kelib chiqqan.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, janjal vaqtida Kozimjon qo‘li bilan Bahodirni urgan vaqtida janjalga Ismoil (Bahodirning ukasi) qo‘shilgan va qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan Kozimning ko‘krak qismiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada 25 yoshda bo‘lgan Kozimjon olgan tan jarohati bilan Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring