Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltin qazib oluvchi kompaniya 3 milliard dollar jarimaga tortildi — Qirg‘iziston

Oltin qazib oluvchi kompaniya 3 milliard dollar jarimaga tortildi — Qirg‘iziston

Foto: «Report.az»

Qirg‘iziston sudi mamlakatdagi Qumtor konida oltin qazib olish bilan shug‘ullanuvchi «Kumtor Gold Company» (Kanada) kompaniyasiga, ekologik me’yorlarni buzgani uchun, 267 mlrd. som (3,09 mlrd. AQSh dollari atrofida) jarima soldi. Bu haqda TASS Qirg‘iziston Oliy sudi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Matbuot xizmati vakilining aytishicha, kompaniya ishlab chiqarish chiqindilarini Davidov va Lisiy muzliklarida saqlab kelganini sud qonundan chiqish deb baholagan.

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, «Kumtor Gold Company» 30 kun muddatda ushbu qaror ustidan yuqori instansiya (Oliy sud)ga shikoyat qilishga haqli.

Ma’lumot uchun: «Kumtor Gold Company»da 4 mingdan ziyod ishchi mehnat qiladi. Kompaniya aksiyalarining bir qismi ($534 mln. atrofida) Qirg‘iziston hukumatiga tegishli. Kompaniya mamlakatdagi eng yirik soliq to‘lovchi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring