Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oltinsoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Oltinsoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Bugun, 22 iyun kuni Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Uni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Boyniyazov Erkin Bozorovich Oltinsoy tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Jumayev Alisher Turobovich Oltinsoy tumani hokimi etib tasdiqlandi.

 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring