Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi

«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun xabar berganimizdek, 12-14-mart kunlari O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan «Davlat dasturlarining amalga oshirilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish: jurnalist mas’uliyati va huquqlari» loyihasi doirasida respublika anjumani, media-tur, seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Loyiha doirasida viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmatlari rahbarlari hamda hududiy bosma OAV tahririyatlari bosh muharrirlari ishtirok etyapti.

Bugun loyiha doirasida «Tailor impex» korxonasi hamda Zangiota tumanida joylashgan «Highway Logistics» logistika markaziga media-tur tashkil etildi.

Kuning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilarning kasbiy malakalarini oshirish maqsadida OAV to‘g‘risidagi qonunchilikka kiritilayogan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan tegishli soha ekspertlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston jahon tillari universiteti dotsenti Nargis Qosimova hamda ishtirokchilar tomonidan «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama etildi, qator takliflar bildirildi.

Shuningdek, tajribali mutaxassislar tomonidan sifatli fotolar tanlash, va ishlash bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring