Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda ommaviy qabul: firibgarlik holatlari yil sayin ko‘paymoqda

Samarqandda ommaviy qabul: firibgarlik holatlari yil sayin ko‘paymoqda

Prezident Xalq qabulxonalarining Samarqand shahri, Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on va Toyloq tumanlarida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar tashkil qilindi.

Uch kunlik ochiq-jonli muloqotlarda Oliy sud mas’ullari viloyat, tuman-shaharlar sudlari bilan birga 825 ta masalani ko‘rib chiqdi, ularning 394 tasi joyida hal qilindi.

Murojaatlar asosida jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahar, Samarqand, Pastdarg‘om, Ishtixon, Oqdaryo, Payariq, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi, Bulung‘ur va Toyloq tuman sudlarida 121 nafar shaxsning ishlariko‘rib chiqilib, ularning barchasi o‘talmay qolgan jazodan muddatidan oldin shartli ozod etildi.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlar tomonidan 27 ta ariza qanoatlantirildi. 93 ta tadbirkorlik sub’yekti yetkazilgan moddiy zararniixtiyoriy qoplagani uchun ularga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishlar tugatildi, sayyor sud majlislarida 2 ta iqtisodiy ish ko‘rilib, tadbirkorlar foydasiga hal qilindi. Deylik, paxtachilik tadbirkor A’zam Mustafoyev 2018 yilda muqobil mashina traktor parkiga tegishli eski-yu ta’mirtalab binoni ijaraga olib, qariyb 600 million so‘m sarflab ta’mirlaydi, Xitoydan zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar olib keladi. Natijada binoyidek xususiy klinika ish boshlaydi. Lekin orada bu mulkning tuman hokimligi balansiga qaytarilib, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilganidan tadbirkor bexabar qoladi. 2020 yil 9 oktyabrda Majburiy ijro byurosi bu mulkni elektron auksion savdosiga chiqargach, tadbirkor sarflagan mablag‘ining so‘rovini boshlaydi. A’zam Mustafoyevning ommaviy qabuldagi murojaatidan so‘ng Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudi kuni kecha bu ishni ko‘rib chiqib, tadbirkorning huquqlarini tikladi: mazkur mulk ijarachining xarajatlari inobatga olinmasdan sotilgani uchun Majburiy ijro byurosi Paxtachi tumani bo‘liminingqarori haqiqiy emas, deb topildi. Endi tadbirkor istasa auksionda qatnashib bu mulkni sotib oladi, agar boshqa shaxs bu mulkni xarid qilsa, unda A’zam Mustafoyevga qilgan xarajatlarini qoplab beradi.

Umumlashtirib aytganda, Samarqand viloyatida sud-huquq sohasi bo‘yicha tashkil qilingan uch kunlik ochiq-jonli muloqotlarda 1 ming 609 ta masala ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, ularning 466 tasi joyida hal qilindi, 363 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat, 195 ta murojaat egasiga tushuntirish berildi, 585 ta murojaat esa nazoratga olindi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring